Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA — DEPUTATLAR NAZORATIDA

 Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi raisi B.Vafoyev boshchiligida Kengash kotibiyati mudiri M.Naimova hamda Kengashning Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari ishtirokida navbatdagi oʻrganish ishlari amalga oshirildi. 

  Oʻrganish jarayonida Vobkent tumanida suv resurslarini samarali boshqarish, suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maqsadda tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga qarashli “Komi aka” gidrouchastkasi faoliyati joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi. 

  Tekshiruv davomida gidrouchastkadagi mavjud infratuzilmaning holati, suv taqsimoti samaradorligi, aholi va qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv yetkazib berish tizimi oʻrganildi. Shuningdek, suvdan oqilona foydalanish, yoʻqotishlarni kamaytirish va zamonaviy sugʻorish usullarini joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

  Aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi. Xususan, suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish, texnik xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda suv tejovchi texnologiyalarni jadal joriy etish zarurligi taʼkidlandi. 

  Mazkur oʻrganishlar sessiya kun tartibidagi masalalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, hududda suv resurslaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 5