Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
CHINOZ TUMANIDA DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.

DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev ishtirok etdi. 

Doimiy komissiya majlisini Davron Teshaboyev olib bordi. 

Kun tartibiga kiritilgan masalalar Chinoz tumani bo‘yicha 2026-yil vegetatsiya davrida sug‘orish

ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-47-son qaroriga asosan Chinoz tumanida amalga oshirilishi belgilangan vazifalar to‘g‘risida, Chinoz tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Malikovning hisoboti eshitildi.

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida doimiy komissiya a'zolari Abdurashid Arslanov, Abdumajid Sadirov hamda deputat Elyorjon Saidov so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjatlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5