Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi

Kengash rahbariyati va Yoshlar maslahat guruhi yangi istiqbollarni belgiladi

 📁 Kengashning 2025-yil 10-iyunda qabul qilingan III-13-68-14-202-K/25-sonli qaroriga muvofiq, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi huzurida Yoshlar maslahat guruhi tashkil etilgan edi. Mazkur qaror yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni boshqaruv jarayonlariga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 🇺🇿 Avval tashkil etilgan "Yoshlar maslahat guruhi" faoliyatini yanada takomillashtirish, o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning taklif va tashabbuslarini bevosita tinglash hamda ilgari surilayotgan istiqbolli loyihalarni atroflicha muhokama qilish maqsadida tuman Kengashi raisi J.Ismanov hamda kotibiyat mudiri A.Usmanovlar bilan "Yoshlar maslahat guruhi" vakillarining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

 📇 Uchrashuvda yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan startap loyihalar va tashabbuslar taqdim etildi. Kengash rahbariyati ularni qo‘llab-quvvatlash, amaliyotga joriy etish hamda rivojlantirish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

 🧠 Shuningdek, Kengash huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" faoliyatini yanada samarali tashkil etish, “ustoz-shogird” tizimini rivojlantirish hamda yoshlarning Kengash bilan hamkorligini mustahkamlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

 🔼 Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning faolligini oshirish va yangi istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadamlardan bo‘ldi.

Slide 1 of 6