Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat mahallada

 MAHALLA TARQIYOTI VA EKOLOGIK TOZALIK MASALALARI
DEPUTAT E’TIBORIDA
 

Hududlardagi mavjud muammolarni o‘rganish va ularni
bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
 

Xususan, Ekologiya partiyasidan saylangan 7-Birdamlik
saylov okrugi deputati hamda kotibiyat bosh mutaxassisi L.Iskandarov tomonidan
«Mo‘minobod» MFYda mahalla raisi va «mahalla yettiligi» bilan hududdagi
muammolar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
 

Suhbat davomida asosiy e’tibor quyidagi masalaga
qaratildi:
 

Uchrashuvda mahalla raisi hududdagi maishiy
chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bog‘liq dolzarb muammoni o‘rtaga
tashladi. Ta’kidlanishicha, mahallaning ayrim tor ko‘chalariga chiqindi
tashuvchi yirik maxsus texnikalar kira olmasligi sababli, ushbu xonadonlardan
chiqindilarni olib chiqishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
 

Muammoning yechimi bo‘yicha taklif: 

Mahalla faollari tomonidan tuman miqyosida mana
shunday tor ko‘chalar uchun mo‘ljallangan, hajmi kichikroq bo‘lgan maxsus
chiqindi tashish mashinalarini ajratish (yoki sotib olish) bo‘yicha taklif
kiritilishi so‘raldi.
  

Slide 1 of 2