35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#deputat_va_sport

#deputat_va_sport

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati J. To‘rayev faol ishtirok etdi.

“DXX kubogi” doirasida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilib, qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Musobaqada ishtirok etgan jamoalar o‘zaro kuch sinashib, sport madaniyati, jamoaviylik va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.

Mazkur sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bunday musobaqalar iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputat J. To‘rayev ham tadbir davomida yoshlar bilan muloqot qilib, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga, sog‘lom va faol hayot tarzini tanlashga da’vat etdi.

 Sport — sog‘lom jamiyat poydevori!

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 2