Mirobod tumanining birinchi sektor hududiga kiruvchi “Furqat” mahallasida Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari, tuman mahalla bo‘limi rahbari R.Ikramov boshchiligida Toshkent shahar hokimi tomonidan o‘n kun oldin "Obod xonadon-obod-ko‘cha-obod mahalla" davlat dasturi bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mahalla “yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi.