35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
DOIMIY KOMISSIYANING YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI

 DOIMIY KOMISSIYANING YIGʻILISHI BOʻLIB OʻTDI  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Korrupsiyaga
qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasining
navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 

Kun tartibida: “Tumanda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son hamda 2025-yil 18-martdagi
PQ-111-son qarorlari ijrosini taʼminlash, joriy yilning birinchi choragida
kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda
ularning kelib chiqish omillarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan
ishlar toʻgʻrisida” - tuman prokurori tomonidan taqdim etilgan axborot,
shuningdek, “Tumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
18-martdagi PQ-111-son qarori ijrosini taʼminlash, joriy yilning birinchi
choragida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi
kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar
toʻgʻrisida” -tuman ichki ishlar boʼlimi tomonidan taqdim etilgan hisobot
oʻrganildi va atroflicha muhokama qilindi. 

Mazkur masalalar yuzasidan yigʻilish ishtirokchilari
tomonidan batafsil muhokamalar olib borilib, mavjud muammolar, ularning
sabablari hamda yechimlari atroflicha tahlil qilindi. 

Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan
tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 2