Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish komissiya rejasiga muvofiq tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-sonli qarori ijrosi doirasidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, Marg‘ilon shahar byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi Nizomni tasdiqlash masalasi kun tartibidan o‘rin oldi.

Mazkur masala yuzasidan shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xolmatov hisobot berdi. Hisobotda byudjet daromadlarini oshirish, mavjud imkoniyatlarni safarbar etish hamda qo‘shimcha tushum manbalarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha yoritildi.

Yig‘ilish davomida deputatlar tomonidan mavzu yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, qo‘shimcha manbalardan samarali va maqsadli foydalanish, mablag‘larni ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi va tegishli tavsiyalar berildi. 

Muhokamalar yakunida mazkur Nizomni tasdiqlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 7