Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
"Do‘stlik" mahallasi nazoratda: infratuzilma va yakunlanmagan qurilishlar tahlil qilindi

⏺Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Bunda aholi turmush tarzi bilan bog‘liq barcha jihatlar qamrab olindi.

💬O‘rganish davomida quyidagilar ko‘zdan kechirildi:

✔️Ko‘p qavatli uylar: Kirish yo‘laklari (pod’yezdlar) ozodaligi va yerto‘lalarning texnik holati;

✔️Bolalar maydonchalari: Maydonchalarning xavfsizligi va jihozlarning sozligi;

✔️Hudud obodligi: Uy atrofidagi maydonlarning tozaligi va tungi yoritish tizimlari;

🏗️O‘rganish jarayonida hududda qurilishi yakunlanmagan va tashlandiq holga kelib qolgan bino mavjudligi aniqlandi.

✔️Aniqlangan barcha kamchiliklar, jumladan, qurilishi yakunlanmagan binoning holati yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so'rovi yuborilishi belgilanib olindi. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli nazorat tadbirlari kuchaytiriladi.

🫥"Mahalladagi har bir muammo, u kichik bo‘ladimi yoki yirik, biz uchun muhim. Ayniqsa, yakunlanmagan qurilishlar va tashlandiq binolar aholi uchun noqulaylik tug‘diradi va ularni tez fursatda bartaraf etish lozim," — ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

Slide 1 of 5