Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Akrom Bo‘tayev tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–547, 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan) mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

Mazkur qonun fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanish jarayonida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim huquqiy asos hisoblanadi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan fuqarolarga shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligi, ularni uchinchi shaxslarga qonunga xilof ravishda berish yoki tarqatish holatlarining huquqiy oqibatlari, shuningdek, har bir fuqaroning o‘z ma’lumotlari ustidan nazorat qilish huquqi mavjudligi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, internet tarmoqlari va turli elektron platformalarda shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishda ehtiyotkorlikni oshirish, fuqarolarning roziligisiz ularni tarqatish qonunchilikka zid ekani alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qonun ijrosini ta’minlash va aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Slide 1 of 3