Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-saylov okrugi deputati Yo‘ldosheva Sevara Abduqahxorovna tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining holatini o‘rganish va qurilish jarayonlari ustidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-saylov okrugi deputati Yo‘ldosheva Sevara Abduqahxorovna tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining holatini o‘rganish va qurilish jarayonlari ustidan deputatlik nazorati amalga oshirildi. Xususan, 23-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi masalalari diqqat markazida bo‘ldi. Deputat tomonidan maktab binosida olib borilayotgan ta’mirlash va yangilash jarayonlarida foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish holati alohida nazoratga olindi. Shuningdek, qurilish jarayonida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ul vakilga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, ta’lim muassasasini zamonaviy talablarga javob beradigan darajada foydalanishga topshirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Mazkur o‘rganish ishlari deputatlik nazorati doirasida davom ettirilib, hududdagi ta’lim muassasalarining sharoitini yaxshilash va sifatli infratuzilma yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1