Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, tumandagi mahallalar hamda ijtimoiy muassasalarda ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minoti holati navbatdagi sessiyada muhokama qilinadi.

Shu munosabat bilan “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Ishtixon tumani filiali boshlig‘iga rasmiy xat yuborildi.

📄 Xatda taqdim etiladigan axborotda quyidagi masalalar bo‘yicha aniq, asosli va manzilli ma’lumotlar aks ettirilishi so‘raldi:

🔹 2026-yil uchun ichimlik suvi va elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha belgilangan rejalar;

🔹 2026-yil I chorak davomida mahallalar, maktablar, bog‘chalar va tibbiyot muassasalarida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoli hududlar, nosoz tarmoqlar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;

🔹 suv inshootlari va ijtimoiy obyektlarda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar;

🔹 energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar;

🔹 mavjud muammolar hamda 2026-yil II chorak uchun aniq reja va takliflar.

⚠️ Kengash tomonidan axborot umumiy ma’lumot tarzida emas, balki har bir mahalla, maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasasi va boshqa ijtimoiy obyektlar kesimida, aniq manzillar va raqamlar bilan taqdim etilishi talab qilindi.

💧⚡️ Aholining ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanishi, ayniqsa ijtimoiy muassasalarda mavjud muammolarni bartaraf etish masalasi Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining doimiy nazoratida bo‘lib qoladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1