35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
MUNOSABAT

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini
2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-98-son farmoni deputatlarimiz kutgan ayni hujjat bo‘ldi. Konsepsiya doirasida Mahalliy Kengashlar, ularning organlari hamda deputatlarining nazorat faoliyatini takomillashtirish, byudjet va hududlarni rejalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, mahalliy Kengashlarda deputatlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotini eshitish bo‘yicha “Kengash soati” institutini joriy etilishi, hokim o‘rinbosarligiga nomzodlarni tavsiya etishda tegishli mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari xulosasini olish hamda Kengash sessiyalarida ular tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha hududni rivojlantirish dasturlarini taqdim etish tartibini joriy etilishi, mahalliy byudjetni shakllantirish jarayoniga 3-5 foiz xarajatlar qismini deputatlarni faol jalb etish orqali aholining turmush farovonligini oshirilishi, mahalliy Kengash deputatlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratilishi shular jumlasidandir. Men raislik qilib kelayotgan
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga Kengash qarori bilan lavozimga tasdiqlanadigan, tayinlanadigan, lavozimga
tayinlanishida Kengash roziligi olinadigan mansabdor shaxslar tomonidan odob-axloq normalarini buzganlik bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish huquqini berilishi doimiy komissiya oldiga ulkan mas’ulyatlarni yuklaydi.