Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Sharof Rashidov tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo'lib o'tdi.

Unda viloyatdagi jinoyatchilik holati va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarning asosiy sabablari tahlil qilindi. Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirish, profilaktika chora-tadbirlarini kuchaytirish, mahallalarda xavfsizlikni taʼminlash hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan istiqbolli rejalar va choralar belgilandi. Majlisda jinoyatchilikning oldini olishda huquqni muhofaza qilish organlari, mahalliy hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, jinoyatchilikka qarshi tizimli va manzilli yondashuvni shakllantirish zarurligi qatʼiy taʼkidlandi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, kiberxavfsizlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar va ayollar bilan profilaktik ishlarda yangicha mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Davlat xizmatchilarining tadbirkorlik bilan noqonuniy shug‘ullanishi va manfaatlar to‘qnashuvidan darak beradigan boshqa holatlarga ham eʼtibor qaratildi. Majlis davomida kadrlarni ochiq va oshkora tanlov asosida saralash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, axborot tizimlaridan samarali foydalanishni taʼminlash, sog‘liqni saqlash va taʼlim sohalarida korrupsiyani kamaytirishga doir aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 8