Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Yangibo‘ston” mahallasida tuman, Kengashi deputati Axrorjon Ibodullayevning mahalla faollari va ko‘cha boshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosarlari A.Alashukurov va K.Abdaliyevlar ham ishtirok etib, hududda mavjud dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

Uchrashuv davomida jinoyatchilikning oldini olish, aholining xavfsizligini ta'minlash maqsadida Boyovut–Guliston avtomobil yo‘liga radar o‘rnatish taklifi ilgari surildi. Shuningdek, mahallaning 10 foiz mablag‘i hisobidan kuzatuv kameralari va ko‘chalarga tungi yoritgichlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Hududdagi tartibni saqlash va sanitariya holatini yaxshilash borasida daydi itlarni tutish choralari ko‘riladigan bo‘ldi. Shu bilan birga, “Openbudjet” loyihasi orqali ko‘chalarni asfaltlash masalasi ham muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, mahalla ahlining ehtiyoj va takliflari inobatga olindi. Bu kabi muloqotlar hududlar rivojiga xizmat qilishi, fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Slide 1 of 3