Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyotining kafolati.

Korrupsiyaga qarshi kurash – jamiyat taraqqiyotining kafolati.

Bugungi kunda korrupsiya muammosi insoniyatni jiddiy tashvishga solmoqda. Korrupsiya har qanday jamiyatning taraqqiyotiga to’sqinlik qiluvchi jiddiy tahdiddir. Bizga ma’lumki korrupsiya bu mansab va vakolatlarni shaxsiy manfaat yo’lida suiste’mol qilishdir. U insonlar o’rtasida adolatni buzadi va jamiyatda bir-biriga bo’lgan ishonchsizlikni kuchaytiradi. O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biridir. Mamlakatimizda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi” qonun, hamda “Harakatlar strategiyasi” va “Yangi O’zbekiston” taraqqiyot yo’nalishlari bu borada muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda. Davlat idoralarida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarining joriy etilishi, raqamlashtirish jarayonlari bu boradagi muhim qadamlar hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashda nafaqat fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari, balki har bir fuqaroning faolligi muhim o’rin tutadi.Har bir inson korrupsiyaga qarshi kurashda mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Vijdonan va halol mehnat qilish yurt ravnaqi va kelajak avlodlar uchun eng mustahkam poydevordir.