Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Normuradova Muzrabod tumanidagi 8-sonli maktabning o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kunidagi “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” bo‘yicha videoselektorda, mahalliy Kengash deputatlariga bergan vazifalarni yetkazdi.

Uchrashuv davomida ta’lim dasturlari eng ilg‘or mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanayotganini, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayotganini hamda endi muallimlar yangi metodikalarni o‘zlashtirib, bolalarga yaxshi bilim berishi kerakligini, buning uchun pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim sifatini oshirish zarurligi ustuvor vazifalar etib belgilanganligini ta’kidladi.

Ayniqsa, pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimidagi yangilanishlar alohida e’tiborga loyiq. Jumladan, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va uning 13 ta hududiy markazini qayta tashkil etish, Nizomiy nomidagi universitetning Milliy pedagogika universitetiga aylantirilishi kabi tashabbuslar o‘qituvchi-pedagoglarimizning malakasi va maqomini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 1