Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Kamolova tomonidan tumandagi 1-sonli politexnikumini o‘rganish natijalari

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati M.Kamolova tomonidan tumandagi 1-sonli politexnikumini o‘rganish natijalari

Uchquduq tumanidagi 1-sonli politexnikum 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda 2 ta kursda jami 274 nafar o‘quvchilar o‘qimoqda. Shundan 1-bosqichda 6 ta guruhda 136 nafar, 2-bosqichda 6 ta guruhda 138 nafar o‘quvchilar o‘qimoqda.

Politexnikumda Davlat ta’lim standartlari asosida 26 nafardan o‘quvchilar qabul qilinishi kerak bo‘lsa, 2 ta sinfda o‘quvchilar soni standartdan past. Politexnikumda davomat masalasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, o‘rganish kunida davomat 97%ni tashkil etdi. Qolgan o‘quvchilarning kasalligi va boshqa sabablari ko‘rsatilgan arizalari mavjud. O‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi munosabat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Har bir o‘qituvchining yil davomida olib borgan dars tahlili mavjud. O‘qituvchilar tomonidan yil davomida 28, 32 tagacha dars tahlillari mavjud.     

Politexnikumda jami 77 nafar pedagog, IChT va boshqa xodimlar faoliyat olib boradi. Shundan 21 nafar pedagoglar, 7 nafar IChTlar mavjud. 

Politexnikumda 2 nafar bosh o‘qituvchi, 3 nafar yetakchi o‘qituvchi, 

4 nafar katta o‘qituvchi hamda 12 nafar mutaxassis o‘qituvchilar dars berib kelmoqda. 2024-yilda 138 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lib, shundan 88 nafari OTM larga o‘qishga kirgan. 

Politexnikumda 2 ta informatika xonasi mavjud bo‘lib, ikkalasida 34 ta kompyuter bor. Bundan tashqari open budjetdan 16 ta kompyuter yutib olindi va jami 50 dona kompyuterlar bugungi kunda mavjud.

Politexnikumda ustaxona 5 ta amaliyot xonalari jihozlangan.

O‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabati yaxshi. Sifat ko‘rsatkichi 81%.

Politexnikumda har haftada bir marotaba “Zakovat intellektual” o‘yinlari tashkil etilib, muntazam ravishda o‘tkaziladi.

Politexnikum o‘quvchilari Politexnikumlar o‘rtasida “Zakovat intellektual” o‘yini va “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasi va “Besh tashabbus” olimpiadalarida viloyat miqiyosida faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Slide 1 of 10