Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
📚 Yoshlar – e’tibor va imkoniyatlar markazida

📅 2025-yil 15-may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limi tizimini isloh qilish, yosh avlod tarbiyasi va ularning kelajagi yo‘lida ustuvor vazifalar belgilab berildi.

✅ Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudoyberganova maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat yoshlarga qaratilayotgan davlat e’tibori, ta’lim va rivojlanish yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

🎓 G.Xudoyberganova o‘z chiqishida quyidagilarni ta’kidladi:

“Bugungi kunda yurtimizda yosh avlodga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ochilgan. Xorijda o‘qish, chet tillarni chuqur o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallash, talabalar uchun stipendiyalar, tadbirkor yoshlar uchun imtiyozli kreditlar va grantlar ajratilmoqda. Biz – yoshlarga yaratib berilayotgan bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilishimiz kerak.”

📖 Tadbir yakunida bitiruvchi o‘quvchilarga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi. Bu borada deputat quyidagicha fikr bildirdi:

“Badiiy adabiyot — bu inson qalbining oziqasi, tafakkurning charxi va ma’naviyatning asosidir. Ayniqsa, yosh avlod uchun badiiy asarlar hayotda o‘z yo‘lini topish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, madaniyatimiz va axloqiy me’yorlar bilan tanishishda muhim manbadir.”

📎 Yoshlarga bunday e’tibor va rag‘bat ularning o‘z salohiyatini yuzaga chiqarishi, Vatan taraqqiyoti yo‘lida faol bo‘lishiga kuchli turtki beradi. 

Slide 1 of 6