Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Murojaatlar joyida hal etildi

 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ro‘ziboyev Polvon Ataxonovich tomonidan saylov okrugi hududidagi “Do‘stlik” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish borasida tizimli ishlar tashkil etib
kelinmoqda.
Bugun ayni shu maqsadda deputat P.Ro‘ziboyev tomonidan hududda yashovchi aholining maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish muammosi, shuningdek, elektr simlarini ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi yuzasidan qilgan murojaatlari joyida hal qilindi.

Deputat P.Ro‘ziboyev murojaat yuzasidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2020-yildagi PQ-4845-son qarori bilan “aholiga atrof-muhit, shu jumladan maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlar holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beruvchi, bu boradagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi foto va video materiallarni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan Internetdagi maxsus axborot tizimini yaratish hamda har bir xabar berilgan holat bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish tizimining joriy qilinganligi” va mazkur qarorning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berib o‘tdi hamda mazkur sohadagi yangiliklar to‘g‘risida so‘zladi.

Slide 1 of 1