Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
янв.21
Hududlarda oʻrganishlar izchil davom etmoqda: Mirishkor tumanidagi investitsiya zonalari diqqat markazida
янв.21
Mirishkor tumanida yoshlarning yozgi ta’tili mazmunli tashkil etilmoqda.
янв.21
KENGASH HUZURIDAGI EKSPERT GURUHINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
Sog’liqni saqlash masalalari doimiy e’tiborda.
янв.21
Xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashi kotibiyati hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorlikda ish boshladi.
янв.21
Tomorqa — daromad va baraka manbai Mirishkor tumanida tomorqadan unumli foydalanib, ham oilasiga, ham elga foyda keltirayotgan xonadonlar safi kengaymoqda.
янв.21
Pomiq
янв.21
Do'stlik
янв.21
Zafar
Deputat mahalla muammolarini kommunal soha rahbarlari bilan ko‘rib chiqdi

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati Akbarali Qayumov Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan kommunal xizmat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda 6-Mehrobod saylov okrugida doirasidagi 25 ta mahalla faoliyati, ularda mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari muhokama qilindi. 

Mazkur okrugda 30 010 nafar saylovchi istiqomat qiladi. Shu kungacha mahallalarda o‘tkazilgan uchrashuv va sayyor qabullarda yuzdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Deputat A.Qayumov ushbu masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yo‘llaganini, ammo ayrim hollarda natijadorlik pastligicha qolayotganini qayd etdi. 

Shu munosabat bilan kommunal sohadagi ishlarni jonlantirish, muammolarni joyiga chiqib o‘rgangan holda bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash lozimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida mutasaddi tashkilotlar bilan vazifalar belgilab olindi va deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2