🏛 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati F. Sadullayeva Urganch shahridagi “Olimpiya” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔎 Uchrashuv davomida xotin-qizlar faoli faoliyati, mahalladagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning ta’lim olishi va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🤝 Shuningdek, yosh qizlarni milliy va oilaviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda kattalarga hurmat va mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida hayotiy tajribaga ega, el orasida hurmat qozongan onaxonlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil etish taklif qilindi.
📌 Bunday davra suhbatlari orqali yosh avlodga oilaviy qadriyatlar, hayotiy tajriba va odob-axloq an’analarini yetkazish muhimligi ta’kidlandi.
🌷 Yoshlar tarbiyasi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va milliy qadriyatlarni asrash — jamiyat taraqqiyotining muhim omili!