Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 1-Uvaysiy saylov okrugi deputati Madaminova Shoiraxon Toxirjon qizi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning uchinchi choragida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
MADANIYAT BO‘LIMI TASARRUFIDAGI AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATI HAM DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT MUASSASASIDA MAVSUMIY TAYYORGARLIK VA YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
MADANIYAT SOHASIDAGI FAOLIYAT, YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
MADANIYAT SOHASIDA QONUNCHILIK IJROSI VA FAOLIYAT SAMARADORLIGI DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
2-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR VA QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK O‘RGANILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
DAVLAT TILI — MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA QONUN USTUVORLIGINING MUHIM ASOSI
янв.21
ONA TILIMIZ — MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MA’NAVIY QADRIYATIMIZ TIMSOLI
SHODLIK MAHALLASIDA QURILISHI YAKUNLANMAGAN TADBIRKORLIK OBYEKTI O‘RGANILDI

SHODLIK MAHALLASIDA QURILISHI YAKUNLANMAGAN TADBIRKORLIK OBYEKTI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev tomonidan Namangan shahrining “Shodlik” mahallasi hududida joylashgan qurilishi yakunlanmagan tadbirkorlik obyektining mavjud holati va faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida obyektning qurilish holati, qurilish ishlarining yakunlanmay qolishiga sabab bo‘layotgan muammolar hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Mazkur jarayonda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obyektga oid hujjatlar va mavjud muammolarni qonuniy tartibda hal etish imkoniyatlarini o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksi talablaridan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyatini yuritish va qurilish ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarga huquqiy jihatdan yondashish zarur.

O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va ularning qonuniy yechimini topish yuzasidan ishlarni davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 4