Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kengash_faoliyati

#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

"Qaldirg'och" mahallasida O‘RQ-406 Qonun ijrosi va Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi!

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar Bandixon tumani Kengashi deputatlari tomonidan izchil nazorat qilib borilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov  Kengashning 16-"Qaldirg‘och" saylov okrugi deputati D.Qudratov okrugiga qarashli “Qaldirg‘och” mahallasida bo‘lib, mahalladagi Yoshlar yetakchisining bugungi kundagi faoliyatini tahliliy ko‘rib chiqdi.

✅O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunida mahalladagi yoshlar bilan “xonadonbay” ishlash tizimini yanada kuchaytirish, “Yoshlar daftari” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunar va daromadli mehnatga jalb etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash, natijani ko‘rish va amaliy yechimga erishish demakdir.

Slide 1 of 1