Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
“Bog‘zor” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonuni doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimining samaradorligi va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganib borilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 14-“Bog‘zor” saylov okrugi deputati O.Sharofutdinova okrugiga qarashli “Bog‘zor” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida mahalla yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi yoshlar bilan ishlashning amaldagi holati, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisining yoshlar bilan individual ishlash amaliyoti, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi.

Ayniqsa, ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida yoshlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan masalalar va mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi ham ko‘zdan kechirilib, yoshlar bilan ishlashda manzillilik va natijadorlikni yanada oshirish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, yoshlarning ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti, yurt kelajagi va bunyodkor kuchidir!

Slide 1 of 2