Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati G. Azimova tomonidan “Hamkorobod” mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-sonli “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

⚖️Suhbat davomida mazkur Qonun bilan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlangani, ta’lim olish, mehnat qilish, sog‘liqni saqlash, oilaviy munosabatlar hamda davlat va jamiyat hayotida ishtirok etish borasidagi huquq va imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.

👩‍🦰Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender kamsitilishining oldini olish, o‘z huquqlarini bilish va ulardan qonuniy foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬Uchrashuv davomida mahalla xotin-qizlarini qiziqtirgan savollar tinglanib, qonunchilik doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.