TADBIRKORLIK FAOLIYATINI KENGAYTIRISH VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH MASALASI O‘RGANILDI
📌 Bugun Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Z.B. O‘zbekovaga biriktirilgan 13-Rabot saylov okrugida faoliyat yuritayotgan «Chevar Mavjuda — Jasmina» oilaviy korxonasi rahbari Yo‘ldosheva Mavjudaning murojaati o‘rganildi.
🏛 Murojaatni o‘rganish maqsadida tuman Kengashi raisi B.K.Haitov tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Y.X. Jo‘rayev bilan birgalikda tadbirkor bilan uchrashdi.
💼 Uchrashuv davomida korxona faoliyatini kengaytirish, imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish imkoniyatlari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan murojaatlarni o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini topish muhim ahamiyat kasb etadi.