Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
Kotib

Okrugdagi DMTTda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Mirzo Ulug'bek tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Botir Nurmatov tomonidan okrug hududida joylashgan 98-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganishda bolalarning ta’lim-tarbiya olishi, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, guruh xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi, sifatli maktabgacha ta’lim olishi va mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuman mutasaddilarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.

Maqsadimiz-bolajonlar uchun sifatli ta’lim-tarbiya, xavfsiz muhit va munosib sharoitlarni ta’minlash.

Slide 1 of 2