Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
A.Navoiy ko‘chasini milliy va zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi muhokamada
янв.21
30-MAKTABDA SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA AHOLI TURMUSH SHAROITI VA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI HAFTALIK SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MILTIQSOZ MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
RASMIY SAHIFALARIMIZNI KUZATING!
Amudaryoda yoshlarning kasbiy ta’limi va bandligi masalalari o‘rganildi

Amudaryo tuman hokimi, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Sobir Xo‘jametov boshchiligidagi rahbarlar 3-Do‘stlik saylov okrugidagi 3-sonli muhandislik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashib, ta’lim maskanining joriy faoliyatini o‘rgandi.

Uchrashuvda o‘quvchilarning fikr va takliflari tinglandi.
Texnikumning quvvati 936 o‘rin bo‘lib, 100 o‘rinli yotoqxona va oshxona mavjud, 45 nafar pedagog ishlaydi. 16 ta yo‘nalish bo‘yicha 586 nafar o‘quvchi kunduzgi, sirtqi va dual ta’lim shakllarida tahsil olmoqda.

O‘tgan o‘quv yilida muassasani tamomlagan 97 bitiruvchidan 25 nafari oliy ta’limga qabul qilingan, 62 nafarining bandligi ta’minlangan, 10 nafari tadbirkorlik faoliyatini boshlagan.

Slide 1 of 7