Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TADI
янв.21
“O‘ZBEKISTON OVOZI” GAZETASIDA MAQOLA CHOP ETILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Pichoqchi mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy holat deputatlik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Pichoqchi MFYda bolalar maydonchalari qurilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
FUQAROLAR MUAMMOLARI XONADONMA-XONADON O‘RGANILMOQDA

#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi

FUQAROLAR MUAMMOLARI XONADONMA-XONADON O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan o‘zi saylangan hududda xonadonma-xonadon yurib, fuqarolarning yashash sharoitlari va mavjud muammolari o‘rganilmoqda.

Tashriflar davomida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, fuqarolarni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanmoqda. Har bir xonadondagi vaziyatni yaqindan o‘rganish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni hal etish yo‘llarini belgilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va murojaatlar ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish ko‘zda tutilgan.

Aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, xonadonlardagi muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim vazifalaridan biridir.