Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
янв.21
SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH: MILTIQSOZ MAHALLASIDA ELEKTR TA’MINOTI MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
RASMIY SAHIFALARIMIZNI KUZATING!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Telegram kanalimizning haftalik faoliyati
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
YANGI BOG‘ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
🏫 MAKTABLARDA TA’LIM SIFATI VA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan Sherobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

👥 Ishchi guruhi tomonidan belgilangan vazifalar doirasida ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

🏫 O‘rganishlarning keyingi manzili 6-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ishchi guruhi maktabga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Tashrif davomida maktab direktori M.Xaydarov bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifati va o‘quvchilarning davomatini ta’minlash, maktab hududini obodonlashtirish, mavjud moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, maktabda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish ishlari davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 5