🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi, 3-Katqal’a saylov okrugidan saylangan “Adolat” SDP deputati Babajanov Jamolbek Jumabayevich o‘z saylov okrugidagi Katqal’a mahallasining Uch Chinor ko‘chasi, 191-uyda yashovchi, Kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqaro R.S.ning oilaviy holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy ahvoli va mavjud muammolariga e’tibor qaratildi.
🤝 O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri I. Masharipov, tuman Kengashi deputati M. Nurjanova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov ishtirok etdilar.