Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yo‘rmado‘z mahallasidagi bolalar maydonchasida aniqlangan kamchilik deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish hamda mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga olib chiqish iqtisodiy taraqqiyotning muhim omillaridan hisoblanadi. Bu borada tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
янв.21
FHDYO bo‘limida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
Xo‘japorso mahallasida aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Yoyilmada ehtiyojmand fuqaroning uy-joy sharoiti deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
янв.21
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi

#deputat_faoliyati

#162_ta_Qonunlar_ijrosi

#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish va mehnat bozori infratuzilmasini takomillashtirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 15-Gulbog‘ saylov okrugi deputati I.Xalmatov, 12-Obod yurt saylov okrugi deputati N.Allamuratovalar tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-son Qonuni ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazdi.

✅Monitoring jarayonida bo‘lim tomonidan ishsiz fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, subsidiyalar ajratish hamda bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

✅O‘rganishlar yakunida aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, mahallalardagi hokim yordamchilari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda qonunchilik talablarini qat’iy bajarish yuzasidan bo‘lim rahbar va xodimlariga tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2