Aholi bandligi masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati Sh.Radjapov Qunduzak MFY mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholini qiynayotgan muammolar va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Uchrashuvda Agrobank xodimlari ham ishtirok etib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Mahalla aholisining murojaatlari, taklif va muammolari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha kelishib olindi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!