Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Dushayeva tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi.
💦Deputat so‘rovida Tinchlik MFY hududidagi ichimlik suvi tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish masalasi ko‘tarilgan edi.
💦Mazkur murojaat yuzasidan tuman Suv ta’minoti bo‘limi mas’ullari tomonidan hududga chiqib, mavjud holat o‘rganildi. O‘rganish natijasida ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilib, muammo ijobiy hal etildi.
📌Natijada Tinchlik MFY hududida istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammosi bartaraf etildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!