♻️ Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi 24-okrug deputati N. Muxiddinov tomonidan "Saxovat" mahallasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda bandlik holati tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, aholining mavjud muammolari, ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.