O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi O. Kozixonova Xorazm viloyatida xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda.
Urganch shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazi faoliyati ko‘zdan kechirilib, xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash hamda ishlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Mazkur ishlarning asosiy maqsadi — xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning bandligini ta’minlash va iqtisodiy faolligini oshirishdan iborat.