Fuqaro murojaati o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda Adliya vazirligi huzuridagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari O‘.Egamberdiyev tomonidan Ahmad Yassaviy mahallasida hokim yordamchisi ishtirokida fuqaroning murojaati o‘rganildi.
Murojaat yuzasidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, masalani hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Murojaatda ko‘tarilgan masalani amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.