Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov hamda deputat T.Normatov tomonidan navbatdagi oʻrganish tadbiri oʻtkazildi
🇺🇿 Fargʻona shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi O.Mirzakarimov va deputat T.Normatov tomonidan 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-35-V-sonli qarori asosida belgilab berilgan 24 ta tavsiyalar ijrosi doirasida shahardagi "Al-Xorazmiy" MFYda mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati tahliliy jihatdan ko‘zdan kechirildi.
🌐 24-tavsiya ijrosi: “Al-Xorazmiy” MFY xotin-qizlar faolining 2026-yil 9 oylik faoliyati tahlil qilindi.
🚩 Farg‘ona shahar “Al-Xorazmiy” MFY xotin-qizlar faoli Zinnura Sadikova tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida xotin-qizlarning ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy muammolarini aniqlash hamda ularni hal etish borasida quyidagi ishlar bajarildi:
📊 Ijtimoiy profilaktika va oilaviy nizolar tahlili: Mahalladagi muammoli oilalar xonadonma-xonadon o‘rganib chiqildi. Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar nazoratga olinib, profilaktik suhbatlar o‘tkazildi. Xususan, olib borilgan tushuntirish va amaliy yordamlar natijasida mazkur oila yarashtirildi va boshqa 2 ta ajrim holati bo‘yicha oilaviy nizolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli profilaktik ishlar olib borildi.
✏️ "Ayollar daftari" va xatlov natijalari: Xonadonbay o‘tkazilgan xatlovlar natijasida xotin-qizlar mavjud muammolari darajasidan kelib chiqib "qizil", "sariq" va "yashil" toifalarga ajratildi. “Qizil” toifaga tushganlarning har biri uchun individual amaliy dasturlar tuzilib, ularni bosqichma-bosqich “sariq”, so‘ngra “yashil” toifaga o‘tkazish, muammolarini manzilli hal etish choralari ko‘rildi. 5 ta toifa yo‘nalishida ehtiyojmandlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘maklar ko‘rsatildi.
🔖 Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish: Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan yoki xavf ostidagi xotin-qizlarning murojaatlari o‘rganilib, xavfsizligi ta’minlandi. Himoya orderi olgan xotin-qizlarning holati doimiy nazoratga olinib, profilaktika inspektori bilan hamkorlikda takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari bajarildi.
📌 Bandlik va kasbga o‘qitish yo‘nalishi: Ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga (tikuvchilik, pazandachilik va boshqalar) o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda o‘z xonadonida daromad topishi uchun kasanachilik va hunarmandchilikka jalb etish borasida amaliy natijalarga erishildi.
✔️ Aholining turmush darajasini yanada oshirish, belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini to'laqonli ta'minlash hamda xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlar davom ettirilishi belgilab berilib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi
"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "
"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"
✅ Telegram (https://t.me/farkengashrasmiy) |✅ Facebook (https://www.facebook.com/share/1NDKSni6Z5/) | 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@%D0%A4%D0%B0%D1%80%D2%93%D0%BE%D0%BD%D0%B0%D1%88%D0%B0%D2%B3%D0%B0%D1%80%D0%9A%D0%B5%D0%BD%D0%B3%D0%B0%D1%88%D0%B8) | 🌐 Instagram (https://www.instagram.com/farghonashaharkengashi/) |🇺🇿 E-kengash.uz (https://kengash.gov.uz/fargonashahar)