Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bo'lib o'tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi boshlanish arafasida.
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi oʻttiz uchinchi sessiyasi bugun soat 14:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
A.Navoiy ko‘chasini milliy va zamonaviy qiyofaga keltirish loyihasi muhokamada
янв.21
30-MAKTABDA SPORT INFRATUZILMASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
IPAKCHI MAHALLASIDA AHOLI TURMUSH SHAROITI VA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASH KOTIBIYATLARI FAOLIYATI HAFTALIK SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 3-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalarining holati va jihozlanganligi, ta’lim-tarbiya mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, bolalarning kun tartibi hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tashkilotning moddiy-texnik bazasi, sanitariya-gigiyena holati, bolalar xavfsizligini ta’minlash, oziq-ovqat ta’minoti va tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan ham tegishli masalalarga e’tibor qaratildi.

Tashkilot rahbariyati va pedagog xodimlar bilan suhbat davomida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, bolalarning maktab ta’limiga puxta tayyorgarligini ta’minlash hamda tarbiyalanuvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 7