O‘rganish davomida Dehqonobod mahallasida qurilayotgan oilaviy poliklinikada olib borilayotgan qurilish ishlari, ularning belgilangan talablar asosida tashkil etilishi hamda ishlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi. Qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi.