Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashi haftalik faoliyati
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Yoyilma mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg'ilon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
A.Navoiy mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj xonadonlar holati o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy mahallasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqlari o‘rganildi
янв.21
A.Navoiy mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
янв.21
Rohat mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA JAVOB OLINDI
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

📌 Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Mavlyanov Otabek Rustamovichning saylov okrugi hududidagi “Sohibkor” mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi faoliyat hamda “Mahalla yettiligi” tizimidagi o‘zaro hamkorlik holatini o‘rganish yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganishning maqsad va vazifalari
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarning muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini baholashdan iborat.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy holati maxsus savolnoma asosida o‘rganildi.

🏛 O‘rganish tadbirida ishtirok etganlar
O‘rganish tadbirida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich ishtirok etdilar.

🔍 O‘rganish davomida yoshlar yetakchisining belgilangan vazifalarni bajarishi, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning murojaatlari bilan ishlash hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik qilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

🤝 Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3