Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Ishchi yig‘ilishda ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Rohat mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Terak tagi mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Mashad mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Orolbo‘yi mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida ichki yo'llarni ta'mirlash ishlari muhokama qilindi
янв.21
Nurafshon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nurafshon mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Deputat mahalladagi ishlar ijrosi bilan tanishdi

Deputat mahalladagi ishlar ijrosi bilan tanishdi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati I. Atabayev tomonidan “Lola” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat olib borayotgan hokim yordamchisi S. Tojiboyevning ish faoliyati o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida hokim yordamchisi, mahalla yettiligi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va daromad manbalarini kengaytirish borasidagi natijalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

📍 “Lola” MFY haqida qisqacha:
🚨 1118 ta xonadon
🚨 2224 ta oila
🚨 7610 nafar aholi
🚨 Hudud maydoni 125 gektar

🙍‍♂️ Mahalla aholisi asosan:
🚘 haydovchilik,
🛠 xizmat ko‘rsatish,
🧵 hunarmandchilik,
🚗 avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish
yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.

🌿 Shuningdek, hududda aholi tomorqalarida 20 dan ortiq issiqxona mavjud bo‘lib, ularda:
🍅 pomidor,
🥒 bodring,
🌱 ziravorlar
hamda 🌸 gulchilik yo‘nalishlarida ham samarali faoliyat olib borilmoqda.

💼 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar:

✅ 12 nafar fuqaroga “Oilaviy tadbirkorlik” va “Biznesga birinchi qadam” loyihalari doirasida jami 120 mln so‘m kredit mablag‘i ajratilib, natijada 15 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi.

✅ Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 44 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 46 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

✅ 446 nafar fuqaro o‘z faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasmiylashtirilib, tegishli to‘lovlari amalga oshirildi.

✅ Shuningdek, 146 nafar fuqaro bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirilib, ularning rasmiy bandligi ta’minlandi.

📈 2026-yilning I choragi yakuniga qadar amalga oshirilgan ishlar:

✅ 7 nafar fuqaroga “Oilaviy tadbirkorlik” va “Biznesga birinchi qadam” loyihalari asosida jami 115 mln so‘m kredit mablag‘i ajratilib, ularning daromadlarini oshirishga ko‘maklashildi.

✅ 4 nafar fuqaroga 32 mln so‘mlik asbob-uskunalar ajratilishi bo‘yicha tavsiyalar berilib, ularning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

🤝 O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Bu kabi o‘rganishlar hududlarda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal etish, shuningdek, bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Slide 1 of 12