#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Doimiy komissiyasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Haftalik rejaga muvofiq, Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya a’zolari bilan bir qatorda Kotibiyat xodimlari hamda hokimlik mas'ul xodimi ishtirok etdi.
Yig'ilishda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
1️⃣Amudaryo tumanidagi ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holati to‘g‘risida axborot.
Doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo'yicha deputatlar fikr mulohazalari inobatga olinib, doimiy komissiya qarori va xulosasi qabul qilinib, Kengash qarori loyihalari ishlab chiqilishi belgilandi.