Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uvaysiy mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Ishchi yig‘ilishda ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Rohat mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Terak tagi mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Mashad mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
янв.21
Orolbo‘yi mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida ichki yo'llarni ta'mirlash ishlari muhokama qilindi
янв.21
Nurafshon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nurafshon mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🏗️ Bolalar maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan hudud o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari I. Qo‘chqorova va K. Xakimovalar tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasidagi Intilish ko‘chasi 1-sonli ko‘p qavatli uy yonida bolalar maydonchasi qurilishi rejalashtirilgan yer maydoni ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mazkur hududning holati, bolalar maydonchasini barpo etish uchun mavjud sharoitlar hamda hududdan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan bolalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, maydonchani barpo etishda hudud aholisining ehtiyojlarini inobatga olish hamda qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida amalga oshirish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Mazkur tashabbus mahallada bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sport va faol hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2