O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Payariq tumaniga tashrifi davomida Choshtepa mahallasidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni hamda moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, maktab hududida Payariq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida barpo etilgan qo‘shimcha 240 o‘rinli bino ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyiha doirasida 2 milliard 640 million so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, qurilish ishlari Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan.