Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻrda tagi mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Yovqochar mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Shahar soliq inspeksiyasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
O‘rda tagi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 22-sentabr kuni “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
Shundan so‘ng xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlari Z.G‘ofurova va Sh.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev ishtirokida shahar hokimligida tashkil etilgan “Shtab” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
BUGUN O'RGANISHGA CHIQADIGAN DEPUTAT
янв.21
Deputatlarga elektr energiyasi ta’minoti masalasida yoʻllangab murojaat e’tiboridan chetda qolmadi.
10-BAND IJROSI: DEPUTATLIK NAZORATI — SAVDO OBYEKTLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

10-BAND IJROSI: DEPUTATLIK NAZORATI — SAVDO OBYEKTLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan deputatlik nazoratini amalga oshirish maqsadida hududdagi savdo do‘konlari faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganishlar davomida savdo obyektlarida iste’mol tovarlarining narx-navosi, mahsulotlarning yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda xaridorlarga mahsulot haqida zarur ma’lumotlarning taqdim etilishi holatiga e’tibor qaratildi.
📋 Shuningdek, yaroqlilik muddati o‘tgan yoki iste’mol uchun talabga javob bermaydigan mahsulotlar mavjudligi bo‘yicha holatlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo obyektlari mas’ullariga amaldagi talab va qoidalarga rioya qilish, xaridorlar huquqlarini ta’minlash hamda mahsulotlarning yaroqlilik muddatini muntazam nazorat qilib borish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🤝 Deputatlik nazorati — iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va savdo xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️

Slide 1 of 2