Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Nurafshon mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Oʻrda tagi mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Yovqochar mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
Shahar soliq inspeksiyasi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
O‘rda tagi mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senati tomonidan joriy yilning 22-sentabr kuni “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida ta’sirchan deputatlik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlashni samarali tashkil etish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
янв.21
Shundan so‘ng xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputatlari Z.G‘ofurova va Sh.Ermatov, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev ishtirokida shahar hokimligida tashkil etilgan “Shtab” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda

Ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zosi tomonidan mahallalarda ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan oilalar holidan muntazam xabar olinmoqda.

Navbatdagi o‘rganishlar davomida yordamga muhtoj xonadonlarga tashrif buyurilib, oilalarning turmush sharoiti, ijtimoiy va moddiy holati, bandlik masalalari hamda mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilalarni mavjud ijtimoiy yordam va qo‘llab-quvvatlash choralariga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

Bunday manzilli o‘rganishlardan asosiy maqsad — yordamga muhtoj oilalarni aniqlash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali ko‘mak ko‘rsatishdir.

Yoshlar maslahat guruhi tomonidan aholi bilan ochiq muloqot va manzilli o‘rganishlar davom ettiriladi.
м

Slide 1 of 2