Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan davlat mablag‘laridan foydalanish samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
📋 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-son qarori bilan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
🔎 Jarayon davomida band bo‘lmagan aholiga ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlarning:
— kimlarga va qanday asoslarda ajratilgani;
— belgilangan maqsadga muvofiq sarflangani;
— amalda qanday natija bergani;
— aholi bandligi va daromadini oshirishga qay darajada xizmat qilayotgani o‘rganilmoqda.