Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

HAMKOR TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda deputat G.Bozorova tuman Statistika bo‘limida bo‘lib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, aholi bandligi, tadbirkorlik subyektlari faoliyati hamda statistik ma’lumotlarni shakllantirish jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini baholash, mavjud ma’lumotlardan deputatlik faoliyatida samarali foydalanish, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2